Azimov Saydullo Neʼmatullayevich – oʻzbek huquqshunosi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi aʼzosi. Hayoti Saydullo Azimov 1985-yilda Andijon viloyati, Andijon shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek. 2021-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini huquqshunoslik ixtisosligi boʻyicha tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2007-yilda Jinoyat ishlari boʻyicha Andijon viloyat sudining sud majlisi kotibi lavozimida boshlagan. 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Tadqiqot markazida yetakchi konsultant va bosh konsultant lavozimlarida ishlagan. 2021-2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida qonuniylik va huquq-tartibotni taʼminlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi prokurori sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2023-yilda esa Andijon viloyati prokuraturasining Jinoiy sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini taʼminlash boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlangan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar