Carlos Jorge Camacho Dantas (1966-yil 8-noyabr, Funchal, Portugaliya) – Carlos Jorge nomi bilan tanilgan portugaliyalik sobiq professional futbolchi. Carlos Marítimo kulibi safida markaziy himoyachi sifatida toʻp surgan.

Carlos Jorge 15 mavsum davomida Marítimo va Sporting CP klublari safida Primeira Ligada jami 316 ta oʻyinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi.

Klubdagi faoliyati Carlos Jorge Madeiraning Funchal shahrida tugʻilgan, 16 yoshida C. S. Maritimo yoshlar jamoasiga va ikki yildan soʻng asosiy jamoaga qoʻshildi. Carlos C. S. Maritimo klubi safida Primeira ligasida oʻz debyut oʻyini oʻtkazdi. Segunda Ligasidagi, shuningdek orolda joylashgan C. F. Uniãodagi bir yillik ijaradan soʻng, Carlos klubiga qaytdi va jamoadagi asosiy himoyachiga aylandi va toʻrt mavsumda 120 ta liga oʻyinida maydonga tushdi (toʻqqizta gol urgan). 1990—1991-yilgi mavsumda, klubi oʻninchi oʻrinni egallaganida, Portugaliyaning oliy ligasi 20 ta jamoadan iborat edi. Carlos 38 ta oʻyinning har bir daqiqasini maydonda oʻtkazdi va faoliyatidagi eng yaxshi natijani qayd etdi va klub sifatida beshta gol urdi.

1992-yilda Carlos Jorge Sporting CP bilan shartnoma imzoladi, biroq ikki mavsum davomida kamdan-kam maydonga tushdi. Soʻngra Carlos Verde-rubroslar safiga qaytib, yana yetti yil davomida doimo oliy ligada oʻynadi. 1997—1998-yillarda jamoaning sardori sifatida 30 ta oʻyinda toʻrt marta gol urdi va Maritimo UEFA kubogiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Biroq ular musobaqaning birinchi bosqichidayoq Lids Yunayted jamoasiga qarshi penaltilar seriyasida magʻlub boʻlib, musobaqani tark etishdi.

Carlos Jorge oʻzining murabbiylik faoliyatini 2009-yilda asosiy klubining birinchi va ikkinchi jamoalariga yordamchi murabbiy sifatida boshlagan.

Manbalar

Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Sporting CP futbolchilari Turkum:C.S. Marítimo futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1966-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar