Umayya ibn Abdulloh ibn Xolid ibn Asid al-Umaviy () (700-yillar boshida vafot etgan) – Umaviylar shahzodasi, 692/693 yoki 694 hamda 697/698-yillarda Xuroson hokimi boʻlib xizmat qilgan. Tarixchi Hugh N. Kennedyning soʻzlariga koʻra, Umayya xotirjam, saxiy, tinchliksevar kishi boʻlgan, dushmanlari orasida esa dabdaga ega, noziktabiat kishi sifatida tanilganKennedy 2007, p. 241..

Hayoti Umayya ibn Abdulloh Kufaning sobiq hokimi Abdulloh ibn Xolid ibn Asidning oʻgʻli edi. Ular xalifalikni 661-yildan beri boshqarib kelayotgan Umaviylar sulolasi vakillari boʻlishgan. 684-yilga kelib, Umaviylar hokimiyati qulagan, ammo 685-yilda Suriya va Misrda Marvon I hukmronligi davrida xalifalik qayta tiklangan. Xalifa Marvon I ning oʻgʻli Abdulmalik 691–692-yillarda Arabiston, Iroq va Xurosonda Umaviylar hukmronligini qayta tiklagan va Umayyaning ukasi Xolid ibn Abdullohni Basraga voliy etib tayinlagan, bundan oldin esa arablarning Banu Tamim urugʻi aʼzosi Bukayr ibn Vishohni Xuroson hokimi etib belgilagan ediRowson 1989, pp. 7–8..

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Xurosondagi Umaviylar hokimlari