Botir Turgʻunpoʻlatovich Daminov – oʻzbekistonlik shifokor, tibbiyot fanlari doktori, professor. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori.
2018-yil 20-dekabr kuni Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori etib tayinlangan.
U 140 dan ortiq nashr, shu jumladan 98 ta ilmiy maqola hamda 32 ta oʻquv va oʻquv-uslubiy qoʻllanma muallifi hisoblanadi.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi oliy oʻquv yurtlari rektorlari