İlke Özyüksel Mihrioğlu (1997-yil 26-fevralda tugʻilgan) – turk Olimpiya sportchisi, zamonaviy beshkurash chi. U 2022-yilning Misrning Aleksandriya shahrida oʻtkazilgan Zamonaviy beshkurash boʻyicha jahon chempionatida ayollar oʻrtasidagi shaxsiy musobaqada bronza medali sohibi boʻlgan.
Shaxsiy hayoti İlke Özyüksel 1997-yil 26-fevralda, Anqarada, nafaqadagi ishchi 9otasi) va maktab maslahatchisining (onasi) oilasida tugʻilgan. Uning onasi 15 yoshida koʻrish gipertoniyasi kasalligi tufayli koʻrishni yoʻqotgan. Koʻrligiga qaramay, u oliy taʼlimni eng yaxshi talabalar qatorida tamomlagan.
İlke tugʻilgandan ikki hafta oʻtgach juda ogʻir kasal boʻlib qoladi. Dastlab, u saraton kasalligiga chalingan deb taxmin qilingan. Biroq, Amerika Qoʻshma Shtatlarida ishlovchi turk shifokori, uch kunlik konferensiya uchun Turkiyaga kelganida, unga Infantil gemangioma tashxisi qoʻygan. Agar davolanmasa, bu kasallik oʻlimga olib kelishi mumkin edi. Shifokor lazer terapiyasini oʻtkazgan va qizaloqning salomatligi tiklana boshlangan U qon tomir kasalliklari boʻyicha besh marta operatsiya qilingan..
İlke Anqara universitetining Jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan.
Uning otasi 2019-yilning oʻrtalarida saraton kasalidan vafot etgan.
Sportdagi faoliyati Toʻqqiz yoshida, İlke Özyüksel Yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan Jahon chempionatida chempion boʻlgan. 2014-yilda, u murabbiyi tavsiyasiga binoan beshkurashni tark etishga qaror qiladi. Biroq, Federatsiya uning faoliyatini davom ettirishni istardi va uni oʻqish uchun Vengriyaga yuboradi. İlke u yerda 11 oy qoladi. Vengriyada jahon rekordini yangilaganidan soʻng, Vengriyalik murabbiy uni tayyorlashdan bosh tortadi va vaqtidan oldin uyga qaytishga majbur boʻladi. Uyga qaytganidan soʻng, Federatsiya 10 kishidan iborat jamoani tashkil etadi, jumladan psixolog, dietolog, massajist va shifokor. Ular İlkeni Olimpiadaga tayyorlash uchun yollanadi. U toʻrt yarim oy davomida kuniga sakkiz soat mashq qilgan.
U 2015-yil Argentinaning poytaxti Buenos Aires shahrida oʻtkazilgan UIPM yoshlar „A“ Jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritadi. Shu musobaqada u yoshlar orasida umumiy hisobda 1,065 ball va birlashgan vaqt 11:55.00 va 585 ball bilan ikki jahon rekordini oʻrnatadi. U Braziliyaning poytaxti Rio de Janeyro shahrida oʻtishi rejalashtirilgan 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga qatnashish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. U Turkiya nomidan Olimpiada oʻyinlarida qatnashgan birinchi zamonaviy beshkurash sportchisi hisoblanadi. 2017-yil Yevropa Chempionati Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtadi. Bu musobaqada İlke bronza medalini qoʻlga kiritgan. Polshaning Drzonków shahrida boʻlib oʻtgan, 2017-yil Jahon kubogining 4-bosqichida u bronza medalini qoʻlga kiritadi va birlashgan vaqtda 11:57.53 va 583 ball bilan yoshlar orasida jahon rekordini oʻrnatadi. Özyüksel 2018-yil Ispaniyaning El Prat de Llobregat shahrida oʻtkazilgan Zamonaviy beshkurash yoshlar Yevropa chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. U jismoniy tarbiya, suzish, ot minish va oʻq otish kabi besh tadbirda 1,376 ball toʻplab jahon rekordini yangilagan. U Buyuk Britaniyaning Bath shahrida boʻlgan 2019-yilgi Yevropa samonaviy beshkurash chempionatida yugurish va oʻq otish boʻyicha jahon rekordlarini oʻrnatgan.
2019-yilda u „Mustafa V. Koç Sports Award“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Mukofot jamgʻarmasi 250,000 turk lirasi (taxminan 47,000 AQSh dollari) miqdorida boʻlgan. Bu mukofot Koç Holding va Turkiya Olimpiya qoʻmitasi tomonidan vafot etgan Mustafa Vehbi Koç (1960–2016)ni eslash uchun tashkil etilgan.
2019-yilda uning hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan qisqa metrajli film „Ilke“ suratga olingan.
Özyüksel Tokio 2020 Olimpiadasida qatnashgan va beshinchi oʻrinni egallagan.
U Altınordu sport klubining aʼzosidir.
Rekordlari +Jahon rekordlariHisobRekord Musobaqa Joy SanaUmumiy hisobda 1,065 ball UIPM Yoshlar „A“ Jahon Chempionati Finali Buenos Aires 31 avgust 2015Umumiy hisob-kitob11:55.00585 ballUmumiy hisob-kitob 11:57.53583 ball 2017-yilgi Jahon Kubogi 4-bosqichi finali Drzonków 28 may 2017 Natijalari Manba:
Mukofotlari
Yilning eng yaxshi sportchisi – Giants of Sports Awards (2020-yil).
Mustafa Vehbi Koç Sport Mukofoti (2019-yil).
Oilasi Turmush oʻrtogʻi: Harun Mihrioğlu.
Taʼlim Jismoniy tarbiya yoʻnalishi boʻyicha Anqara universiteti (Turkiya) va Xalqaro aloqalar yoʻnalishi boʻyicha Anadolu universitetini (Turkiya) tamomlagan. Shuningdek, u Gazi universitetida (Turkiya) Sportni boshqarish yoʻnalishi boʻyicha magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan.
Kasbi İlke Özyüksel sportchi va oʻqituvchidir.
Klublari Istanbul Karaburun Su ve Doga SK (Turkiya). Murabbiyi: Qilichbozlik: Harun Mihrioğlu, (turmush oʻrtogʻi)
Manbalar