Gulnara Tasimovna Bekirova (; 1968-yil 21-fevralda tugʻilgan) – qrim tatar tarixchisi, yozuvchi va xalqaro PEN aʼzosi. Tarixchi sifatida „Haytarma“ filmida maslahatchi boʻlib ishlagan. Yozuvchi sifatida esa deportatsiya qilingan qirim tatarlarining millatlararo munosabatlari va Sovet, Ukraina hamda Rossiya boshqaruvi ostida ularning taqdirlari haqida koʻplab maqolalar va kitoblar yozgan. Rossiya darsliklarini qirim tatarlarini past koʻrsatganligi va Sovet davridagi ksenofob stereotiplarni qoʻllab-quvvatlaganligi uchun tanqid qilgan. RadioFreeEurope (RFE/RL)ning Krymr boʻlimida faoliyat yuritgan va Qrimdagi hozirgi vaziyat, Qrim tatarlarining Qizil Armiya tarkibidagi roli va ularning fuqarolik huquqlari harakati haqida maqolalar yozgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1968-yilda tugʻilganlar Turkum:21-fevralda tugʻilganlar Turkum:Tarixchilar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar