Ushbu Afgʻonistondagi eng baland bino va inshootlar roʻyxati mamlakatdagi osmonoʻpar binolar, minoralar va boshqa inshootlarni balandligi boʻyicha tartiblaydi.

Eng baland binolar

Ushbu roʻyxat Afgʻonistondagi eng baland bino va inshootlarni standart balandlik oʻlchovi asosida tartiblaydi. Roʻyxatga faqat qurib bitkazilgan yoki eng yuqori nuqtasiga yetgan (bitkazilayotgan) inshootlar kiritilgan.

Nomi Tasvir Shahar Balandligi Qavatlar Bitkazilgan Turi Izohlar Azizi Plaza Kobul 105 m 24 2014 Aralash Afgʻonistondagi eng baland bino. Mamlakatning birinchi osmonoʻpar binosi. Mohib Towers Kobul 101 m 28 2022 Turar-joy Afgʻonistondagi ikkinchi osmonoʻpar bino. Azizi Tower 1 Kobul 91 m 21 2020 Turar-joy Azizi Tower 2 Kobul 89 m 20 2020 Turar-joy Azim Tower Kobul 88 m 19 2025 Turar-joy Kobul minorasi (Kabul Tower) 100px Kobul 87 m 18 1976 Ofis Boshqa nomlari: MOC Tower (Aloqa vazirligi binosi), Telecom Tower. Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish banki binosi 100px Kobul 48 m 14 Ofis Sobiq „Pomir“ kinoteatri binosi. Taksar Tower Kobul 45 m 13 Turar-joy Kabul City Center Kobul 40 m 9 2005 Savdo markazi Kabul Business Center Kobul 35 m 8 Ofis

Qurilayotgan binolar Ushbu roʻyxatga Afgʻonistonda qurilayotgan va balandligi kamida 50 m yoki 10 qavat boʻlishi rejalashtirilgan bino va inshootlar kiritilgan. Shuningdek, qurilishi toʻxtatilgan, lekin eng yuqori nuqtasiga yetgan binolar ham shu yerda koʻrsatilgan.

Nomi Shahar Balandligi Qavatlar Bitishi Turi Manba Burj Muhammad Mustafa Kobul 400 m 108  – Aralash

Shuningdek qarang Afgʼonistondagi toʼgʼon va suv omborlari ro'yxati Osiyodagi eng baland binolar ro'yxati

Manbalar

Balandligi Afgʻoniston