Sakina Mirzo Heybat qizi Oxunzoda () (1865-yil Qubada tugʻilgan – 1927-yil Qubada vafot etgan) – ozarbayjonlik dramaturg. Ozarbayjon adabiyotining ilk mashhur ayol dramaturgi va pyesanavisi 130 Years of the Three Centuries by Ilham Rahimli.

Hayoti va faoliyati Sakina Oxunzodaga otasi uyida taʼlim bergan. Uning otasi Fado taxallusi bilan ijod qilgan shoir edi. Sakina Bokuga (hozirgi Ozarbayjon poytaxti) borib, 1901-yilda tashkil etilgan Qizlar uchun imperatrisa Aleksandra rus-musulmon internat maktabining ilk oʻqituvchilaridan biriga aylandi. U yerda ozarbayjon tili, adabiyot va diniy fanlardan dars berdiWomen in Culture and the Arts. Azerbaijan Gender Information Portal. Mazkur maktab butun Rossiya imperiyasida musulmon qizlar uchun ochilgan ilk dunyoviy maktab boʻlgan. Maktab birgina ozarbayjonlik neft magnati Zeynalabdin Tagiyev tomonidan moliyalashtirilgan va ochilgan edi. Shuningdek, mahalliy teatr ham Tagiyev tomonidan moliyalashtirilgan.

Oxunzoda oʻsha maktabda drama toʻgaragini tashkil etdi va dramaturg sifatida oʻz faoliyatini boshladi. Uning „Elmin manfaati“ („Ilmning foydasi“) nomli ilk pyesasi 1904-yilda birinchi bor sahnalashtirildi. Muvaffaqiyatli ijrodan ruhlangan Oxunzoda yana bir qancha pyesalar yozdi. Ular orasida „Hagg soz aji olar“ („Haqiqat ogʻriqli boʻladi“) va „Galin va gayinana“ („Kelin va qaynona“) asarlari bor edi. Bu davr oʻzgarishlar davri boʻlib, 1901-yilda Bokuda yopinchiqsiz sahnaga chiqqan ilk aktrisalar paydo boʻldi. Olib borilgan nisbatan erkinroq siyosat ortidan 1911-yilda ayollar tomonidan ayollar uchun yozilgan ilk jurnal nashr etildi. Oxunzoda ozarbayjon ayollarining ogʻir ahvoli haqida soʻz yurituvchi koʻplab pyesalari bilan ilk feminist dramaturg sifatida eʼtirof etildiAzeri Women in Transition: Women in Soviet and Post-Soviet Azerbaijan By Farideh Heyat 2002 Routledge accessed 20 October 2007. Uning koʻplab asarlari ozarbayjon ayollarining taqdiriga bagʻishlangan edi.

1911-yilda Huseyn Arablinskiy Oxunzodaning Nomiq Kamolning „Zavallı çocuk“ (; „Baxtsiz bola“) pyesasini sahnalashtirdi. Asar tez orada Kavkazdan tashqaridagi havaskor teatrlarda ham namoyish etila boshlandi. U 1919-yilda Arablinskiy vafotigacha, shuningdek, 1917–1922-yillarda Abbos Mirzo Sharifzoda bilan hamkorlikda ishlashda davom etdi. Nihoyat, 1917-yilda Oxunzodaning „Zulmun natijasi“ („Yovuzlikning oqibati“) Boku shahridagi Tagiyev teatrida (hozirgi Ozarbayjon davlat musiqiy komediya teatri) sahnalashtirildi. Spektakl katta muvaffaqiyat qozondi va Oxunzodaga shuhrat keltirdi. Natijada, Oxunzoda Ozarbayjonning ilk ayol dramaturgi sifatida tan olindiWomen, Beauty and Sanctity by Sabir Ganjali. Azerbaijan Publishing House, 2001.

Sakina Oxunzoda nasrda ham ijod qilgan va bu yoʻnalishda ham tanilgan. 1918-yilda u „Shahzadeh Abulfaz va Rana khanim“ romanini nashr ettirgan.

Manbalar

Turkum:Ozarbayjonlik ayol pedagoglar Turkum:1865-yilda tugʻilganlar Turkum:1927-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr ozarbayjonlik ayol yozuvchilar Turkum:19-asr ozarbayjonlik yozuvchilar Turkum:20-asr ozarbayjonlik ayol yozuvchilar Turkum:20-asr ozarbayjonlik pedagoglar