Linda Klimovičová (2004-yil 18-iyunda tugʻilgan) — Chexiyada tugʻilgan, hozirda Polsha fuqarosi boʻlgan tennischi. 2026-yil 2-fevralda jahon reytingida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 131-oʻringa koʻtarilgan. 2021-yil 25-oktyabrda oʻsmirlar oʻrtasidagi qoʻshma reytingda 31-oʻrinni band qilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichi hisoblanadi. ITF turnirlarida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 7 karra va juftlik yoʻnalishi boʻyicha 4 karra chempionlikni qoʻlga kiritgan.
Fuqaroligi 2024-yil 19-oktyabrda Klimovičová Polsha fuqaroligini oldi va musobaqalarda Polsha sharafini himoya qilishini eʼlon qildi.
Sport faoliyati Yoshlar 2022-yilgi Wimbledon chempionatida Klimovičová qizlar oʻrtasida yakkalik bahslarida yarim finalgacha yetib borib, yoshlar oʻrtasida Katta dubulgʻa doirasidagi oʻzining eng yaxshi natijasini qayd etdi.
Katta dubulgʻa turnirlaridagi natijalari Yakkalik: Avstraliya ochiq chempionati – Fransiya ochiq chempionati: 1R (2022) Wimbledon: YF (2022) AQSh ochiq chempionati: 1R (2021)
Juftlik: Avstraliya ochiq chempionati: – Fransiya ochiq chempionati: 2R (2022) Wimbledon: ChF (2022) AQSh ochiq chempionati: 2R (2021)
2021 Klimovičová WTA Tur asosiy toʻr bahslarida ilk bor 2021-yilgi Praga ochiq turnirida ishtirok etgan. U musobaqaning juftlik bahslariga yoʻllanma olgan.
2022 2022-yil aprel oyida sportchi ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasi doirasida juftlik bahslarida sovrin jamgʻarmasi $15 minglik Sharm-ash-Shayx turnirida chexiyalik tennischi Dominika Šalková bilan birga ishtirok etgan va ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritgan. Keyinroq 2022-yil avgust oyida u Bidgoshchda oʻtkazilgan musobaqada ilk bor yakkalik bahslari finaliga chiqdi, biroq Valeriia Olianovskaiaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi.
2023 2023-yil fevralida Klimovičová Sharm-ash-Shayxda oʻtkazilgan ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasi doirasida ilk bor chempionlikni qoʻlga kiritdi. Sportchi final uchrashuvida Katarína Kužmováni magʻlub etdi. 2023-yil sentyabrida Frydek-Mistekda oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $25 ming boʻlgan musobaqaning juftlik bahslari gʻolibligini qoʻlga kiritdi. Ikki oy oʻtib, Solarinoda oʻtkazilgan sovrin jamgʻarmasi $25 ming boʻlgan musobaqada ilk bor yakkalik yoʻnalishi gʻolibligiga ega chiqdi. Ushbu musobaqada Julie Štruplová bilan juftlik oʻyinida ham gʻolib boʻldi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polshalik ayol tennischilar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar Turkum:21-asr polshalik ayol sportchilar Turkum:2018-yilda tugʻilganlar Turkum:2024-yilda vafot etganlar