Marina Dubina — belaruslik atrof-muhit himoyachisi va inson huquqlari boʻyicha yurist. Ecohome NNT ijrochi direktori lavozimida faoliyat olib borgan. 1996-yilda tashkil etilgan Ecohome NNT Belarusda eng uzoq faoliyat yuritgan notijorat tashkilotlardan biri boʻlib, barqaror rivojlanish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini targʻib qilgan.
Dubina 2020-yil sentyabr oyida garchi oʻsha vaqtda u mamlakatdan tashqarida boʻlganini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlsa ham Minskda noqonuniy namoyishda ishtirok etganlikda ayblangan. 2020-yil 6-oktyabr kuni shaxsini aniqlovchi belgilarisiz forma kiygan shaxslar Dubinaning uyiga koʻzdan yosh chiqaruvchi gaz ishlatgan holda bostirib kirib, uni qoʻlga olgan. U ruxsatsiz namoyishda ishtirok etganlikda ayblanib, 13 sutkalik maʼmuriy qamoq jazosiga hukm qilingan. Bu voqea Ecohome NNT Belarusda atom elektr stansiyasi qurilishini toʻxtatishga qaratilgan faoliyat olib borayotgan davrda yuz bergan.
Ecohome NNT 2021-yilda hukumat tomonidan (boshqa NNTlar bilan birga) tugatilgan.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Belaruslik inson huquqlari faollari Turkum:Belaruslik ayol faollar