Melinda Bíró (2007-yil 7-yanvarda tugʻilgan) — vengriyalik professional tennischi. 2024-yil 22-yanvarda oʻsmirlar oʻrtasida ITF qoʻshma reytingida 132-oʻringa chiqib, oʻzining sport faoliyatidagi eng yuqori natijasini qayd etgan.

Yoshligi Melinda Bíró 2007-yil 7-yanvarda Vengriyaning Kecskemét shahrida tugʻilgan. 5 yoshidan tennis oʻynay boshlagan. Hozirda Seged shahridagi „Gellért SE“ klubida mashgʻulot olib boradi.

Sport faoliyati Oʻsmirlar 2024-yil iyun oyida sportchi Sobota shahrida oʻtkazilgan J100 turnirida gʻolib chiqib, oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarda faoliyatidagi eng yirik unvonni qoʻlga kiritgan. Keyinchalik tennischi İrem Kurt bilan Bruchköbel shahrida oʻtkazilgan J100 Head Cup musobaqasida juftlik yoʻnalishida gʻolib boʻlgan.

Professional 2023-yil iyul oyida Bíró Budapesht Grand Pri saralash toʻr bahslariga yoʻllanma olgan, biroq musobaqaning asosiy toʻr bahslariga chiqa olmagan. Keyingi yili Budapesht shahrida u hamyurti Gréta Nemcsek bilan juftlik bahslarining asosiy toʻr bahslarida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Biroq musobaqaning birinchi davrasida Isabelle Haverlag va Christina Roscaga oʻyinni boy berdi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Vengriyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr vengriyalik ayol sportchilar