Guus Hiddink (talaffuzi: Gus yoki Guus Hiddink 1946-yil 8-noyabrda tugʻilgan) – gollandiyalik sobiq professional futbolchi va nafaqadagi futbol murabbiyi. U oʻz vatani Niderlandiyada yarim himoyachi ampulasida uzoq muddat faoliyat yuritgan. 1982-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Hiddink murabbiylik sohasiga oʻtib, dunyo boʻylab turli klub va milliy terma jamoalarni boshqargan hamda ularga koʻplab unvon va yutuqlarni keltirgan. U PSV Eindhoven bilan hozirgi UEFA Chempionlar ligasining oʻtmishdoshi boʻlgan Yevropa chempionlar kubogini qoʻlga kiritgan. Real Madrid jamoasi bilan esa Qitʼalararo kubokda gʻalaba qozongan.
Soliq toʻlashdan boʻyin tovlash 2007-yil fevralda Hiddink Niderlandiya sudi tomonidan soliqdan qochishda aybdor deb topilgach, unga olti oylik shartli qamoq jazosi berilib, 45 000 yevro miqdorida jarima solingan. Prokurorlar Hiddinkni 2002–2003-yillarda Belgiyada yashayotganini aytib, Niderlandiyada 1,4 million yevro miqdoridagi soliqni toʻlashdan boʻyin tovlaganlikda ayblagan holda, uni oʻn oylik qamoq jazosiga tortishni talab qilishgan edi. Niderlandiya Soliq razvedkasi va aniqlash xizmati uning oʻz asosiy manzili deb koʻrsatgan Belgiyadagi uyida yetarlicha tunab qolmaganligini taʼkidlagan. Hiddink esa bu ayblovni inkor etgan.
Manbalar
Havolalar
Guus Hiddink Foundation
Murabbiylik faoliyati Mackolik.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Niderlandiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:De Graafschap futbolchilari Turkum:PSV Eindhoven futbolchilari Turkum:NEC Nijmegen futbolchilari Turkum:Washington Diplomats (NASL) futbolchilari Turkum:San Jose Earthquakes (1974–1988) futbolchilari Turkum:Eerste Divisie futbolchilari Turkum:Eredivisie futbolchilari Turkum:Niderlandiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Avstraliya milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiylari Turkum:Niderlandlar milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiylari Turkum:Janubiy Koreya milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiylari Turkum:Rossiya milliy futbol terma jamoasining bosh murabbiylari Turkum:Niderlandiya milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
Turkum:Real Madrid CF murabbiylari