Kariamasimonlar () — Qushlar sinfining bir turkumi. Taxminan 50 million yil avval shakllangan ushbu turkumdan hozirgi kungacha faqat kariamalar (Cariamidae) oilasiga mansub ikkita monotip urug‘ saqlanib qolgan. Turkum tarkibiga, shuningdek, qirilib ketgan fororaklar (Phorusrhacidae), Ameghinornithidae, Bathornithidae, Eleutherornithidae va Idiornithidae oilalari ham kiradi.
Taksonomiyasi va Sistematikasi Turkum bitta hozirda mavjud oiladan (Cariamidae) va 6 yoqolib ketgan oiladan iborat.
Kariamalar oilasi (Cariamidae) — 2 monotip urugʻ. Fororaklar oilasi (Phorusrhacidae) — 5 kenja oila, 13 urug‘ va 22 turni o‘z ichiga oladiAlvarenga, Herculano M. F.; Höfling, Elizabeth (2003). "Systematic revision of the Phorusrhacidae (Aves: Ralliformes)". Papéis Avulsos de Zoologia. 43 (4): 55–91. doi:10.1590/S0031-10492003000400001.. Ameghinornithidae Bathornithidae Eleutherornithidae Idiornithidae An’anaviy ravishda kariamalar oilasi turnasimonlar (Gruiformes) turkumiga kiritilgan. Biroq genetik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kariamalar aslida lochinsimonlar, to‘tisimonlar va chumchuqsimonlar turkumiga yaqinroq va ular bilan birgalikda Australaves deb ataladigan alohida qushlar guruhini tashkil etadi.
Kaldogramma
Manbalar