Guillermo Ademir Meza Moreno (1988-yil 13-mayda Mexiko shahrida tugʻilgan — 2010-yil 6-mayda vafot etgan) — meksikalik professional futbolchi. Futbolchi himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Meza Meksikaning ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi „Pumas Morelos“ klubi safida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Meza oʻz faoliyatini 2002-yilda „Pumas UNAM“ yoshlar jamoasida boshlagan va 2007-yilda „Pumas Morelos“ klubiga qoʻshilgan. Futbolchi „Pumas Morelos“ safida 17 ta oʻyinda maydonga tushgan hamda „Pumas UNAM“ uchun jami uchta uchrashuvda ishtirok etib, bitta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

Vafoti 2010-yilning 6-may kuni hujumchilar taksida ketayotgan Mezani taʼqib qilib, unga qarata oʻq uzishgan va oqibatda futbolchi boshidan oʻq yeb vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Meksikalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Meksikalik qotillik qurbonlari Turkum:Pumas UNAM futbolchilari