Muḥammad Ināmul-Ḥasan Kāndhlavī (20-fevral 191810-iyun 1995) hindistonlik ulamo boʻlib, 1965-yildan 1995-yilgacha Tabligʻ Jamoatining uchinchi amiri boʻlib xizmat qilgan.
Hayoti va faoliyati Inomul Hasan 1918-yil 20-fevral kuni Hindistonning Uttar-Pradesh shtati, Saharanpur shahri yaqinidagi Kandhla shaharchasida tugʻilgan. U dastlabki diniy taʼlimini Dehlidagi Nizomuddin „Madrasa Koshif ul-Ulum“ida, soʻngra Saharanpurdagi „Mazohir ul-Ulum“da olgan va qolgan butun umrini Tabligʻ Jamoati yoʻlida faoliyat yuritishga bagʻishlagan.
U Shayxul Hadis Zakariyya Kandhlaviyning ikkinchi qiziga uylangan. 1965-yilda Muhammad Yusuf Qandhlaviy vafotidan soʻng, Shayxul Hadis tomonidan Tabligʻ Jamoatining uchinchi amiri (rahbari) etib tayinlangan va 1995-yildagi vafotiga qadar, 30-yildan ortiq vaqt davomida Tabligʻ Jamoatiga rahbarlik qilgan.
Vafoti va merosi Inomul Hasan Kandhlaviy 1995-yil 10-iyun kuni vafot etgan. U „ilm ul-hadis“ (Muhammad alayhissalomning hadis ilmi)da yetuk olim edi. Uning amirlik davrida jamoa faol boʻlgan har bir davlatda vazifalarning silliq amalga oshirilishi uchun „shuro“ (maslahat organi va mashvarat tizimi) tuzgan. U Tabligʻ Jamoati amiri sifatidagi masʼuliyatini zukkolik va jasorat bilan ado etgan. Oʻsha paytdagi Hindiston Bosh vaziri P. V. Narasimxa Rao uning vafoti munosabati bilan taʼziya bildirgan.
Manbalar
Turkum:1918-yilda tugʻilganlar