Rudniy —() Qozogʻiston Respublikasi Qoʻstanay viloyatidagi shahar. Tobol daryosi (Ob havzasi) chap sohilida. Temir yoʻl stansiyasi (Jelezorudnaya). Qoʻstanaydan 50 km janubiy-gʻarbda joylashgan. Aholisi 127,552 kishi (2012). 1957-yilda temir ruda koni ishga tushirilishi va SokolovskSarbaysk kon boyitish kombinatining ishga tushirilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Kimyo tolasi zavodi, oziq-ovqat sanoati korxonalari, industrial instituti bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Tarixi 1949-yili 18-fevralda Oltoy geologiya ekspeditsiyasining uchuvchisi M. G. Surgutanov „Saribay“ jarligining ustidan uchib borayotib, birdaniga kompas tili janubni koʻrsatganini koʻradi. Uch oydan keyin Surgutanovning kompasning koʻrsatgan joyiga geologlar va geograflar keladi. Ular Saribay hududida yirik kon oʻrni borligini aniqlaydi. 1949-yili bahorda V. P. Novikov Sokolov temir koni foydali qazilmalarini ochadi.

1954-yili yozda hukumat kombinat qurulishini boshlash toʻgʻrisida farmonni imzoladi. Shu vaqtda shahar qurulishi ham boshlandi. 1955-yilgi mayda ilk bor qurulishchilar keldi, ular trest boshqaruvchisi Ya. M.Gimmelmash va V.Sh. Buresh boʻldi.

Hozirgi shahar Rudniy shahrining maydoni — 0,1 ming kv.m. tashkil qiladi.

Viloyat markazidan uzoqligi — 46 km.

Aholisi — 127,552 kishi (2012). Aholining milliy tarkibi quyidagi jadvalda (2010): ruslar — 73 024 kishi (58,34 %) qozoqlar — 25 956 kishi (20,74 %) ukrainlar — 12 681 kishi (10,13 %) olmonlar — 3 531 kishi (2,82 %) tatarlar — 3 345 kishi (2,67 %) beloruslar — 2 533 kishi (2,02 %) boshqurtlar — 750 kishi (0,60 %) koreyslar — 335 kishi (0,2 %) boshqalar — 2 709 kishi (2,16 %) Umumiy — 125 179 kishi (100,00 %)

Taʼlim Shaharda 12 maktabgacha jamoa, 23 ta umumiy bilim beruvchimaktab, 1 qoʻshimcha, 1 kechki payt oʻqiydigan maktab, 1 maktab-internati, 1 oliy oʻquv mahkamasi, 4 kolledj, 3 ta kasb-hunar maktablari faoliyat yuritadi. Shahar maktablarining deyarli barchasi internet tarmogʻiga ulangan.

Tibbiyot Shaharda 9 tibbiy xizmat koʻrsatuvchi davlat obʼekti (7 kasalxona mahkamasi, 1 shifoxona va 1 tibbiy punkti) va 4 ta hususiy (1 kasalxona va 3 ambulator-shifoxona mahkamasi) faoliyat yuritadi.

Manbalar

Havolalar Ofitsialniy sayt goroda Rudniy Informatsionniy sayt Kostanayskoy oblasti

Turkum:Qozogʻiston shaharlari