Isro surasi (, nomining maʼnosi — ) — Qurʼonning -surasi. suralardan biri, oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning -sahifasida va -juzida joylashgan. -boʻlib nozil boʻlgan.

Asosiy maʼnosi Bu surada ham boshqa Makka suralarida boʻlgani kabi eʼtiqod, Alloh taoloning yakka-yolgʻizligi, qayta tirilish aniq maʼlumligi borasida soʻz ketsa-da, undagi eng asosiy jihat paygʻambar Muhammad alayhissalomning shaxsiyatlari va u zotga Alloh tomonidan ato etilgan moʻjizalar taʼrif-tavsifidir. Bu sura Alloh taolo Oʻzining soʻnggi paygʻambariga koʻrsatgan "sayr" moʻjizasi haqida xabar berish bilan boshlanadi. Shu boisdan suraning nomi "Al-isro" — "Tungi sayr" deb atalgandir.

Bu surada Bani Isroil qavmi xususida ham soʻz yuritilib, ularning tugʻyon va isyonlari hamda oxirat-oqibat topajak musibatlari haqida xabar beriladi. Shuning uchun ayrim ulamolar uni "Bani Isroil" surasi deb ham ataydilar.

Bu sura moʻminlarga yolgʻiz Alloh taologagina ibodat qilishdan keyingi eng zarur amal ota-onaga yaxshilik qilish, ularning huzurida taʼzim-tavozuʼ bilan turish, buyurgan ishlarini quloq qoqmay bajarish ekanini uqtiradi. Yana bu surada borliqdagi jonli-jonsiz barcha mavjudot oʻz vujudlari, oʻzaro bogʻlanishlari va bir tartib-intizomga soʻzsiz boʻyinsunishlari bilan ularni yaratgan ham, boshqarib turgan ham yolgʻiz Alloh taolo ekanligiga dalolat qilib turishi taʼkidlanadi.

Manbalar

ISRO SURASI