Urdun yoki Iordaniya, Urdun Hoshimiylar Qirolligi (, Al-Mamlaka al-Urduniuah al-Hashimiuah) — Yaqin Sharqda, Osiyoning gʻarbiy qismida joylashgan davlat. Maydoni — 91,8 ming km2. Aholisi — 7,259,932 kishi (2023). Poytaxti — Amman shahri. Maʼmuriy jihatdan 12 muhofaza (viloyat)ga, muhofazalar tumanlarga boʻlinadi.

Davlat tuzumi 200px|right|thumb|Xusayn Urdun qiroli (boshqardi: 1952—1999) Urdun — konstitutsiyali monarxiya. 1952-yil 8-yanvarda qabul qilingan konstitutsiya amal qiladi (keyingioʻzgarishlar bilan). Davlat boshligʻi — malik (podshoh) boʻlib (1999-yildan Abdulloh II bin Talol), u qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat sohasida katta huquqqa ega. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — podshoh va Millat majlisi (parlament); u senat va deputatlar palatasidan iborat. Senatni podshoh 4 yil muddatga tayinlaydi (senat tarkibining yarmisi har 2 yilda yangilanib turadi). Deputatlar palatasi toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yilga saylanadi. Ijroiya hokimiyatni podshoh oʻzi tayinlaydigan hukumat — Vazirlar Kengashi orqali amalga oshiradi.

Tabiati Urdunning aksar qismi sharqdan (500 m) gʻarbga tomon (1000–1500 m gacha) balandlashib boradigan yassi-togʻlikdan iborat. Janubidagi Ram togʻi — Urdunning eng baland nuqtasi (1764 m). Mamlakatning gʻarbiy qismida meridian chizigʻiga parallel holda yoʻnalgan chuqur botiq voha — Hor (Alhor) va uning davomi Vodiy al-Arab joylashgan. Hor mintaqasida Iordan daryosi vodiysi va Oʻlik dengizi (suv yuzasi dengiz sathidan 395 m pastda) oʻrin olgan. Bu mintaqaning har ikki tomonida Suriyafalastin togʻlari qad rostlab turadi.

Iqlimi Iqlimi — subtropik, quruq iqlim. Yanvarda oʻrtacha harorat 8—14 °C, iyulda esa 24—30 °C ga toʻgʻri keladi, Hor mintaqasi hamda Urdunning choʻl qismida harorat 50 °C gacha koʻtariladi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqsori mamlakatning gʻarbidagi togʻlarda 500–700 mm, sharqida va Hor botigʻida 100 mm ni tashkil etadi.

Ichki suvlari Doim oqib turuvchi daryolari kam boʻlib, quruqoʻzanlar va mavsumiy soylar koʻp uchraydi. Urdunning gʻarbiy qismidagi togʻlarda Oʻrta dengiz qirgʻoqlariga xos nabotot xillari oʻsadi, daraxtzor va butazor koʻp. Sharqiy qismida esa, chalachoʻl va choʻl oʻsimliklari, ahyon-ahyonda hurmozorli kichik vohalar uchraydi. Urdun hayvonot olami uncha boy emas; sirtlon, choʻl tulkisi, toʻngʻiz uchraydi. Qushlar, kemiruvchilar va sudralib yuruvchilarning turi koʻp. Azraq milliy bogʻi bor.

Aholisi Mamlakat umumiy aholisining 98 % arablar; yahudiylar, armanlar, yunonlar, kurdlar, cherkeslar, chechenlar, dogʻistonliklar, oʻzbeklar, turkmanlar ham yashaydiThe New Iraqi Diaspora, Hii Dunia, January 2007. Rasmiy tili — arab tili. Mamlakat aholisining 90 % islom diniga, qolgan qismi nasroniy va yahudiy dinilariga mansubdir. Aholining 71 % shaharlarda istiqomat qiladi. Mamlakatda 5 % ga yaqin badaviylar boʻlib, ular koʻchmanchi hayot tarziga ega. Aholining 70 % ga yaqini xizmat koʻrsatish sohasida, 12 % ishlab chiqarish va torshon sanoatida, qolganlari boshqaruv tizimiDoors closing on fleeing Iraqis, taʼlim, savdo, transport va harbiy sohalarda xizmat qiladi. Yirik shaharlari: Ammon, Az-Zarqa, Irbid, Al-Xalil.

Hududiy boʻlinishi 300px|right|thumb|Urdun muhofazalari

Urdun hududi 12 ta muhofazaga boʻlinadi.

+№MuhofazaMuhofaza (ing.)Maʼmuriy markaziMaydoni, km²Aholisi, (01.01.2012), kishiZichlik, kishi/km² 1 Aljun Ajlun Aljun 420 143 700 342,14 2 Aqaba Aqaba Aqaba 6 905 136 200 19,72 3 Ammon Amman Ammon 7 579 2 419 600 319,25 4 Jerash Jerash Jerash 410 187 500 457,32 5 Irbid Irbid Irbid 1 572 1 112 300 707,57 6 Maʼan Maʼan Maʼan 32 832 118 800 3,62 7 Madaba Madaba Madaba 940 156 300 166,28 8 Az-zarqa Zarqa Az-zarqa 4 761 931 100 195,57 9 Al-Balqa Balqa Es-Salt 1 120 418 600 373,75 10 Al-Kerak Kerak Al-Kerak 3 495 243 700 69,73 11 Al-Mafraq Mafraq Al-Mafraq 26 551 293 700 11,06 12 At-Tafilah Tafilah At-Tafilah 2 209 87 500 39,61 Umumiy 88 7946 249 00070,38+

Tarixi Hozirgi Urdun hududida dastlab xanaaneylarning somiy qabilalari yashagan. Mil. av. 1-ming yillikda bu hududning bir qismi Isroil va Yahudiya (Iudeya) podshohliklari tarkibida boʻlgan. Mil. av. 1-ming yillik oxirida qad. arab davlati — Nabateya podshohligi vujudga keldi. Mil. II asrning 30-yillaridan Urdun Rim, IV asrdan Vizantiya imperiyalari, VII asrdan Arab xalifaligi qoʻl ostida boʻldi. Urdunda sekin-asta arab tili va islom dini tarqala boshladi. 11 — XV asrlarda salibchilar, saljuqiylar, Misr mamluklari bostirib kirdi. XVI asrning boshidan 1918-yilgacha Urdun Usmonli turk imperiyasi tarkibida boʻldi. Mamlakat birinchi jahon urushi davrida arab qoʻzgʻolonchi vatanparvarlari tomonidan ozod qilindi. Soʻng hozirgi Suriya hududi bilan birga amir Faysal qoʻl ostiga oʻtdi (1918). 1920-yildan Urdun Britaniya mandatidagi Falastinga qoʻshildi. 1921-yil Iordan daryosining sharqiy qismida Hoshimiylar sulolasidan boʻlgan amir Abdulloh rahbarligida TransUrdun amirligi tashkil topdi. Uning tashqi siyosati, qurolli kuchlari va iqtisodiyoti ustidan Angliya nazorati oʻrnatildi. Hoshimiylar hukmronligini mustahkamlaydigan konstitutsiya qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi davrida TransUrdun Buyuk Britaniyaning Yaqin Sharqdagi qarbiy tayanch maydoniga aylantirildi. 1946-yil 25-mayda TransUrdun Urdun nomi bilan mustaqil davlat, amir Abdullox. esa uning podshohi deb eʼlon qilindi. 1948—49-yillardagi Arab-Isroil urushi natijasida Nablus, Bayt-Lahm, Quddusning sharqiy qismi Urdunga qoʻshib olindi. 1967-yil iyunida Isroil Urdun urushi natijasida mamlakatning iqtisodiy jiqatdan eng rivojlangan qismi — 6,6 ming km2 hududini Isroil qoʻshinlari bosib oldi. Urdun — 1955-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlari 1993-yil 13-fevralda oʻrnatilganTalia Einhorn The Status of Palestine/Land of Israel and Its Settlement Under Public International Law, Nativ A Journal of Politics and the Arts Vol. 1 / 2003 . Milliy bayrami 25-may — Mustaqillik kuni (1946).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari Urdun Xalq birligi demokratik partiyasi, 1991-yildan oshkora faoliyat yurita boshlagan; I. Kommunistik partiyasi, 1943-yilda tuzilgan, 1951-yilgacha Milliy ozodlik ligasi deb nomlangan; Xalq demokratik partiyasi, 1989-yilda tuzilgan; Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi (Base), 1947-yilda tashkil topgan, umumarab Baʼs partiyasining mintaqa boʻlimi; Islom harakati fronti, 1991-yilda asos solingan. Urdun kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1954-yilda tashkil topgan.

Xoʻjaligi Urdun dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlari qatoriga kirib, iqtisodiyoti asta barqarorlashib borayotgan davlatdir. Mamlakat iqtisodiy faoliyatida davlat sektorining kulami katta. Lekin, xususiy mulkchilik ham keng rivojlangan. Davlat sektoriga, asosan, sogʻliqni saqlash, taʼlim, kommunal xizmat, suv va elektr tarmogʻi, transport, kommunikatsiya va irrigatsiya tarmoklari kiradi. Urdun iqtisodiyotida xizmat koʻrsatish, sanoat, qishloq xoʻjaligi va sayyohlik sohalari jadal surʼatlarda rivojlanayotir. Urdun fosfat va ishqor (potash), mis va marganets zaxiralariga va unchalik yirik boʻlmagan neft konlariga ega. Mamlakatda konchilik, energetika, toʻqimachilik sanoatlari rivojlangan.

Sanoati Urdun iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan sanaladi. Mazkur tarmoq yalpi ichki mahsulotning 27 % ni beradi. Mamlakatda sanoatning konchilik, energetika, yoqilgʻi, neftni qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, avtomobilsozlik tarmoqlari rivojlangan. Konchilik sanoati mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Urdun yuqori sifatli fosforit qatlamlariga ega boʻlib, uning zaxirasi 1,5 mlrd. tonnadan ortiq. Yiliga oʻrtacha 6—7 mln. tonnadan koʻproq (2000-yilda 10 mln. tonna) fosforit qazib olinadi. Urdun dunyoning bu qimmatli xom ashyosiga ega boʻlgan 5 asosiy davlat qatoridan joy olgan. Uning yirik konlari Ammondan 35 km uzoqlikda boʻlgan Ruseyfa, Al-Xasa va Shaydiyada joylashgan. Ichki bozorda bu mahsulotga ehtiyojning cheklanganligi sababli uning katta shemi eksport qilinadi. Fosforit eksporti boʻyicha u dunyoda AQSh va Marokashdan keyin 3-oʻrinda turadi. Mamlakat mineral tuzlarga ham boy. Ularning zaxirasi 40,8 mlrd. tonna boʻlib, 1,8 mlrd. tonnasi kaliy xloridga, 6 mlrd. tonnasi kalsiy xloridga, 11 mlrd. tonnasi osh tuziga toʻgʻri keladi. Shuningdek, brom, magniy oksidi ham qazib olinadi. Urdunda mis rudasi (zaxirasi 60 mln. tonna), marganets (zaxirasi 3 mln. tonna), uran (300 ming t), temir rudasi (560 ming t) ham bor. Bulardan tashqari, uning yeri kaolin, gips, ohaktosh, kvarsli qumlar, dolomit, bentonit, dala shpati konlariga ham boydir. Ular, asosan, ichki ehtiyojlarga sarflanadi va bir qismi eksport qilinadi. Urdunda kimyo sanoati rivojlangan. Aqabada maʼdanli oʻgʻitlar zavoddi ishlaydi. Yiliga 200 ming tonna ftorli alyuminiy eritadigan, 300 tonna uran oksidi ishlab chiqaradigan bir necha inshootlar ham mavjud. Kir yuvish sodalari, turli xil sovunlar, shampunlar hamda yiliga 7 mln. tonnadan ortiq sement ishlab chiqariladi. Roshadiya, Azraq, Holidiya, Fuheysa va boshqa joylarda sement zavodlari mavjud. Neft mahsulotlari zavodlarida yiliga 4—5 mln. tonna neft qayta ishlanadi. Bunday zavodlarning eng yirigi Az-Zarkada joylashgan. Iordan daryosining vodiysi, Oʻlik dengiz atrofi, Azraq, Ruseyfa, Sarxon, Rish kabi hududlarida bir necha neft konlari bor.

Metallni qayta ishlash sanoati keyingi yillardan rivojlana boshlagan. Bir necha armatura zavodi, yiliga 10— 12 ming tonna quvur, 8—10 ming tonna alyuminiy mahsuloti, mayda metall buyumlar (mix, bolt, halqa kabilar) ishlab chiqaradigan zavodlar bor. Urdunda sovitkich, gaz plitalar, akkumulyatorlar ishlab chiqaradigan zavodlar, qurilish mollari, mebel korxonalari ishlab turibdi.

Urdunda dori-darmon, sigareta, kulolchilik buyumlari, poyabzal, toʻqimachilik mollari ham ishlab chiqariladi. Yiliga oʻrtacha 3,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi hosil qilinadi.

Qishloq xoʻjaligi Urdun iqtisodiyotida unchalik yuqori mavqega ega emas. Mamlakat hududining atigi 5 — 6 % haydaladigan yerlardir. Bu yerlardan yiliga 4 martagacha hosil olish mumkin, biroq suv tanqisligi bunga imkon bermaydi. Qishloq xoʻjaligi yalpi ichki mahsulotning 10 % ni tashkil etadi. Unda aholining 8—10 % mashgʻul. Qishloq xoʻjaligi yerlari, asosan, Iordan daryosi boʻylari va TransUrdun yasei tepaliklari atrofida joylashgan boʻlib, sitrus mevalar, olxoʻri, olma, shaftoli, karam, bodring, baqlajon, qovun, pomidor, tamaki kabilar yetishtiriladi. Mamlakatda paxtachilik rivojlangan. Chorvachilik oqsoq tarmoq hisoblanadi. Asosan, qoramol, qoʻy va echki boqiladi, biroq yem-xashakning yetishmasligi, yaylovlarning kamligi bu tarmoqning rivojlanishiga imkon bermaydi.

Transporti Urdunda avtomobil, temir yoʻl, suv va havo transporti keng rivojlangan. Avtomobil transportida Ammon — Aqaba, Ammon — Quddus, Ammon— Damashq, Mafraq — Iroq chegarasi yoʻnalishidagi yoʻllar muhim ahamiyatga ega. Avtomobil yoʻllari uzunligi — 9 ming km. Temir yoʻl transportida esa Ammon — Suriya chegarasi, Ammon — Alhosa, Alhosa — Aqaba, Maon — Rasnaqab kabi oʻnlab temir yoʻl liniyalari mavjud. Temir yoʻl uzunligi — 600 km ga yaqin. Suv transportida mamlakatdagi yagona Aqaba portining mavqei katta. Ikkita yirik aeroport — Ammon va Aqaba aeroportlari mavjud. Mamlakat hududidan Kirkuk (Iroq) — Xayfo (Isroil) va Dahron (Saudiya Arabistoni) — Sayda (Livan) neft quvurlari oʻtgan.

Iqtisodi