Akmal Abduazimovich Azizxoʻjayev (1936-yil 8-noyabr, Toshkent — 2008) — futbolchi, sport ustasi (1966), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi (1992). 1954-yildan „Spartak“ futbol jamoasida oʻynagan. „Paxtakor“ jamoasi sardori va himoyachisi (1960-1965-yillar). Buxoroning „Fakel“ (1966) hamda Nukusning „Amudaryo“ (1983) jamoalarida bosh murabbiy. 1996-yildan respublika oliy futbol maktabining direktori. Uning murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar futbol terma jamoasi Osiyo chempionati musobaqalarida ishtirok etib (1994) Oʻrta Osiyo respublikalari orasida gʻolib chiqqan va final uchrashuvlarda qatnashgan.
Faoliyati Akmal futbolchilik faoliyati dastlab Buxorodagi mahalliy jamoada boshlagan. Keyinchalik Toshkent viloyatining „Sverdlovets“, Toshkentning „Spartak“ klublarida oʻynagan. 1956-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubi tarkibiga oʻtdi va 9 yil davomida poytaxt jamoasi tarkibida oʻynagan. 1956-yilgi SSSR xalqlari spartakiadasida Oʻzbekiston SSR terma jamoasida oʻynagan. Faoliyatini soʻnggida „Buxoro“ klubida toʻp surgan. Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng murabbiylik faoliyatini boshladi va bir qator jamoalar jumladan Aral samali jamoasiga bosh murabbiylik qilgan.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil Manbalar
Havolalar Akmal Azizxoʻjayev Footballfacts saytidagi futbolchi profili
Akmal Azizkhodzhaev Transfermarkt saytidagi futbolchi profili
Turkum:8-noyabrda tugʻilganlar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Spartak Toshkent futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Aral Samali futbol klubi murabbiylari