Inoyatova Noiba Tolipovna – oʻzbek shifokori. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi V chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston ekologik partiyasi aʼzosi.
Hayoti Noiba Inoyatova 1984-yilda Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida tugʻilgan. 2008-yilda Toshkent tibbiyot akademiyasini umumiy amaliyot vrachi mutaxassisligida tamomlagan. Mehnat faoliyatini Qarshi shahri tibbiyot kolleji oʻqituvchiligidan boshlagan. 2018-yilda Qarshi shahar ftiziatriya dispanseri bosh shifokori lavozimiga tayinlangan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining V chaqiriq deputatlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar