Azizullo (15-asr) – samarqandlik xattot. Mirzo Ulugʻbekning Azizullo tomonidan nasx xati bilan koʻchirilgan (taxminan 1439) "Ziji Koʻragoniy"si Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2214). Qoʻlyozma sahifalarida Ulugʻbekning tuzatishlari ham bor.
Adabiyotlar OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil